Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda internetga qaram bolalarni elektroshok yordamida davolash taqiqlanadi
Xitoy hukumati ixtisoslashgan tibbiy muassasalarga internetga qaram bolalarni davolashda elektroshok qo‘llashni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqida The New York Times xabar berdi.
Bunday tashabbusga 2016 yilning sentabrida Xitoy jamoatchiligini esankiratib qo‘ygan fojia sabab bo‘ldi. Shandun provinsiyasidagi klinikalardan birida davolash kursini olgan qiz boshidan kechirgan qiyinchiliklari uchun o‘ch olish maqsadida o‘z onasining joniga qasd qildi.
Elektroshoker va "boshqa jismoniy jazolar" bilan davolashni taqiqlovchi qonun loyihasi Xitoy tibbiyot mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Pekindagi harbiy gospital qoshidagi internetga qaramlikni davolovchi narkologik klinika direktori Tao Ranning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik ota-onalarning aksariyati elektroshok bilan davolashni deyarli beziyon, deb hisoblashadi. Biroq Ran ba'zi bolalarning tibbiyot muassasalaridan jiddiy psixologik jarohat bilan qaytishganiga shaxsan guvoh bo‘lgan.
"Ular muloqotga kirishmas edi, odamlar bilan uchrashishdan qo‘rqishardi va uydan chiqqilari kelmasdi. Birgina "shifoxona" yoki "shifokor" so‘zining o‘zidan vahimaga tushishardi", - dedi Ran.
Xitoy sog‘liqni saqlash vazirligi 2009 yilda internetga qaram bolalarni davolashda elektroshok qo‘llashga qarshi chiqqaniga qaramay, mazkur amaliyot bugunga qadar davom etib kelinayotgan edi. Elektroshokdan "inetrenetga qaramlik" tashxisi qo‘yilgan jami 6 mingdan ziyod bemor jabrlangan.
Mavzuga oid
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026