Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniya rahbari Ispaniya bosh vaziriga imloviy xatolari bo‘lgan maktub yo‘lladi
Kataloniya hukumati vakili Karles Puchdemon Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga boshqa avtonom hududlar rahbarlari bilan o‘tadigan uchrashuvga kelolmasligiga izoh berilgan rasmiy maktub yo‘lladi. Bu haqida ABC gazetasida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, atigi bir varaqdan iborat qisqa xatda Kataloniya rahbari biryo‘la uchta orfografik xatoga yo‘l qo‘ygan. Bundan tashqari, viloyat rahbari avtonomiya nomini ispan emas, katalon tilida yozgan.
Raxoy 17 yanvardan boshlab ispan mintaqalari yetakchilari bilan uchrashadi. Puchdemon ushbu tadbirda qatnashmaslikka qaror qildi. U bosh vazirga bitgan maktubida, xususan, Madridni Kataloniya mustaqilligiga doir referendum o‘tkazish masalasi bo‘yicha muloqotga chaqirdi.
Kataloniya - Ispaniya shimoli-sharqidagi avtonom jamiyat. So‘nggi yillarda mintaqada separistik kayfiyat sezilarli darajada kuchaydi. 2016 yilning 6 oktabrida hudud parlamenti mustaqillikka doir referendumni 2017 yilning sentabri oxirigacha o‘tkazish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani tasdiqladi.
2016 yilning dekabrida Ispaniya Konstitutsion sudi mamlakat hukumati murojaatini ko‘rib chiqish uchun qabul qildi, shu munosabat bilan rezolyutsiya harakati avtomatik ravishda to‘xtatib qo‘yildi. Shunga qaramay, Kataloniya hukumati vakili Karles Puchdemon "Kataloniya aholisi va parlamentining yo‘l xaritasi saqlanib qolishi"ni ta'kidladi. "Kataloniyaliklar ovoz berish, muhokama qilish va yig‘ilish huquqiga egalar", - degan hudud rahbari.
Bundan avval Raxoy Kataloniya mustaqilligiga doir referendumga ruxsat bermasligini ma'lum qilgan. "Biz barcha savollarni muhokama qilishga tayyormiz: byudjyet, investitsiyalar, insonlarning kundalik hayotiga tegishli mavzular. Men shuni ma'lum qilmoqchimanki, Ispaniya birdamligi, milliy suvereniteti va ispanlar tengligiga rahna soluvchi referendum o‘tkazilishiga rozilik bermayman", - deya ogohlantirgan hukumat rahbari.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
09:01 / 25.05.2026