Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Florida mergani» IShID nomidan aeroportga hujum qilgan
Foto: Getty Images
AQShning Florida shtati Fort-Loderdeyl aeroportiga qurolli hujum qilgan Esteban Santyago bu jinoyatini IShID terrorchi guruhi tomonidan amalga oshirganini aytgan. U federal qidiruv byurosi (FQB)ga bergan ko‘rsatmalarida shunday degan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Shu bilan birga, FQB agenti Maykl Ferlatstso, gumonlanuvchi jangarilar bilan aloqasi bo‘lgani yoki terrorchilar guruhi unga shunchaki ta'sir etgani xususida aytganlariga oydinlik kiritmagan.
Santyago hujumdan avval, maxsus xizmatga uning ongini MRB boshqarayotganini aytgan. Biroq, Ferlatstsoning so‘zlariga ko‘ra, otishmadan keyingi so‘nggi tergovda jinoyatchi bunday bayonot bermagan.
Avvalroq, aeroportda otishma sodir etgan jinoyatchiga ayblov e'lon qilingani, unga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkinligi xabar qilingan edi.
6 yanvar kuni Fort-Loderdeyl aeroportida sodir etilgan otishmada 5 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi tan jarohati olgan edi. Ushbu jioyatda 26 yoshli Esteban Santyago gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
23:01 / 12.06.2025
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
20:59 / 28.05.2025
Florida shtati oltin va kumushni to‘lov vositasi sifatida ishlatishga ruxsat berdi
23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
20:53 / 11.10.2024