Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kon o‘pirilishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Xitoy shimolida ko‘mir konining o‘pirilishi oqibatida 9 konchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, fojia Shansi viloyatining Shochjou shahridagi konda profilaktika ishlari o‘tkazilayotganda yuz bergan.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bir kishi qutqarib qolingan. Ayni vaqtda u shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli barqaror deya baholangan.
O‘tgan yil noyabrda ham Xitoyda ko‘mir o‘pirilishi oqibatida 33 konchi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026