Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonadagi muzokaralarga Suriyadan kimlar kelishi ma'lum qilindi
“Suriya ozodlik armiyasi” (SOA) milliy xavfsizligi rahbari general Ali Mamlyuk va uning o‘rinbosari Ostonadagi muzokaralarda ishtirok etadi. Ular hukumat delegatsiyasi tarkibida bo‘ladi, deb xabar bermoqda Sputnik vaziyatdan boxabar manbaga asosan.
Manbaning ma'lum qilishicha, Damashq delegatsiyasi tarkibiga, shuningdek, Suriya armiyasining ikki zobiti ham kiradi.
Kecha esa hukumat delegatsiyasiga Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar al-Jaafari boshchilik qilishi ma'lum bo‘ldi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Toyyib Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni Ostonada tashkillashtiriladigan tinch muzokaralar jarayonida ishtirok etishga taklif qilish borasida kelishib olgani xabar qilingandi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv Jyeneva muzokaralarini to‘ldirishi lozim.
Uchrashuv Ostonada 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026