Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston turizm salohiyati Ispaniyada namoyish etilmoqda
18 yanvar kuni Madrid shahrida “FITUR – 2017” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, “Asia Adventures”, “Central Asia Travel”, “El Mundo Tour”, “Olimpic Tour Service”, “Oriental Tales”, “Shohina STD”, “Silk Tour” kabi sayyohlik kompaniya va firmalari ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“FITUR” – eng yirik xalqaro yarmarkalardan biri. Bu galgi yarmarkada 165 mamlakatdan o‘n mingga yaqin sayyohlik firma va kompaniyalari vakillari, ekspert va mutaxassislar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston mazkur xalqaro sayyohlik yarmarkasida bir necha yildan buyon faol qatnashib kelmoqda. 2015 yilgi yarmarkada mamlakatimiz milliy stendi “Eng yaxshi stend” maqomiga sazovor bo‘lgan edi.
Bu gal ham “O‘zbekiston” milliy stendi o‘ziga xos yangi dizayni, bezaklari va mazmunan boyligi bilan ko‘rgazma ishtirokchilari e'tiborini tortmoqda. Unda mamlakatimiz tarixiy obidalari, xalqimizning milliy an'ana va qadriyatlari aks etgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent va boshqa tarixiy shaharlarimizning diqqatga sazovor joylariga oid rang-barang ma'lumotlar, xalq hunarmandligi buyumlari yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Xabarda aytilishicha, ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Madridda qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
10:15 / 17.06.2026