Jahon | 08:02 / 19.01.2017
4729
1 daqiqa o‘qiladi

Obama qandaydir saylanadigan lavozimlarga nomzodini ilgari surish niyati yo‘q

Foto: ABC News

AQSh prezidenti Barak Obama matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, u yaqin orada birorta saylanadigan lavozimni egallashni xohlamaydi. 

Bundan avval, Spotify musiqa striming xizmati «pleylistlar prezidenti» lavozimi bo‘shligini e'lon qilib, bunga Barak Obama juda mos kelishini sha'ma qilgan edi. 

Bo‘sh ish o‘rniga bo‘lgan talablar ro‘yxatida aytilishicha, nomzod kamida «buyuk millatni boshqarish bo‘yicha kamida 8 yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak». 

Spotify, shuningdek, «jamoa bilan ishlay oladigan, do‘stona, Nobel tinchlik mukofotiga ega bo‘lgan» nomzodni qidirayotganini qayd etgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid