Sport | 17:59 / 19.01.2017
5562
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya futbol muxlislari Yevro-2020 shaharlariga vizasiz bora olishadi

Foto: TASS

Yevropa futbol jamoalarining 2020 yildagi birinchilikni stadiondan tomosha qilishni istagan rossiyalik muxlislar uchun ajoyib qulaylik taqdim etildi. Istalgan o‘yin uchun chipta xarid qilgan muxlis, chempionat bo‘lib o‘tadigan 13ta shaharga vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Rossiya futbol ittifoqi Vitaliy Mutko ma'lum qilgan.

"Biz uchun muxlislar haqida qayg‘urish muhimdir. Ular chiptalari bilan Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadigan 13 shaharga tashrif buyura olishadi", - degan Mutko.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA ijroiya qo‘mitasi 2013 yil yanvarida o‘tkazgan yig‘ilishida Yevro-2020 final bosqichini Yevropaning turli mamlakatlaridagi 13ta shaharda o‘tkazishga qaror qilgan edi. 2014 yil sentabrida tashkilotchi shaharlar ro‘yxati e'lon qilindi. Unga 12 mamlakatdagi 13ta stadion kiritildi. 

Yarim finallar va final o‘yini Londonning "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichi va chorak finallar Sankt-Peterburg, Myunxen, Baku va Rimda tashkil etiladi. Amsterdam, Bilbao, Bryussel, Budapesht, Buxarest, Glazgo, Dublin va Kopengagen guruh o‘yinlarini va nimchorak final o‘yinlarini tashkillashtiradi. Shu bilan birga, tashkilotchi mamlakatlar termalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishmaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid