Jahon | 16:13 / 20.01.2017
6570
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda Kaspiy dengizi maqomi bo‘yicha ishchi guruh kengashi bo‘lib o‘tadi

Yanvar oyi oxirida Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Kaspiy dengiz maqomini aniqlab olish bo‘yicha ishchi guruh majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ozarboyjon respublikasi TIV rahbari o‘rinbosari Xalaf Xalafov ma'lum qilgan. 

Kaspiy dengizi maqomini aniqlab olish masalasi SSSR davlati parchalanib ketganidan so‘ng, kun tartibiga chiqdi. Xalqaro huquqning yangi sub'yektlari — Ozarboyjon, Turkmaniston va Qozog‘istonning paydo bo‘lishi, dengizni besh davlat o‘rtasida taqsimlash muammosini paydo qildi. Kaspiy maqomini aniqlashdagi murakkabliklardan biri, uni dengiz yoki ko‘l deb tan olishdan iboratki, xalqaro huquqda dengiz va ko‘ldan foydalanish alohida me'yorlar bilan tartibga solinadi.

"Yanvar oyi oxirida Bokuda bo‘lib o‘tajak majlis TIV rahbarlarining uchrashuviga tayyorgarlik bo‘ladi. Konventsiya loyihasining kelishilmagan jihatlari muhokama qilinadi. Albatta, sammitga tayyorgarlik masalasi ham ko‘rib chiqiladi", — degan Xalafov jurnalistlar bilan muloqotda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid