Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Dunyo okeani sathi halokatli darajada ko‘tarilishi mumkin
Amerika va Irlandiya olimlari Dunyo okeani sathining halokatli tarzda ko‘tarilishi ehtimolini rad etishmagan. Bunday fojiali tabiat hodisasi geologiya nuqtai nazaridan yaqin kelajakda, aniqrog‘i, bir necha yuz yil yoki ming yillarda yuz berishi mumkin. Ushbu mavzuga doir tadqiqot natijasi Science jurnalida chop etilgan.
Olimlar, 116-129 ming yillar avval, ikki muz davri o‘rtasidagi davrda Dunyo okeani yuzasining harorati hozirgi davr ko‘rsatkichi bilan deyarli bir xil bo‘lganini namoyish etishdi. Shu bilan birga, o‘sha vaqtda, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, suv sathi hozirgidan 6-9 metr baland bo‘lgan.
Ma'lum bo‘lishicha, muz davri boshlanishining ilk bosqichlarida, ya'ni taxminan 129 ming yillar avval, Dunyo okeanining sathi 1870-1889 yillardagi ko‘rsatkichlarga mos kelgan.
Shundan so‘ng, 125 ming yillar ilgari, dengiz suv yuzasining harorati Tselsiy shkalasi bo‘yicha 0,5 darajaga ko‘tarilgan va hozirgi zamon darajasiga tenglashgan.
Olimlar, Dunyo okeanining muz davrlari oralig‘idagi harorati va sathiga oid ma'lumotlarni hozirgi ko‘rsatkichlar bilan qiyoslagan holda o‘z xulosalarini taqdim etishgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, ushbu tadqiqot global iqlim isishining dengizlarga qanday ta'sir ko‘rsatishini o‘rganishda yordam beradi.

Mavzuga oid
13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi
10:30 / 10.03.2025
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar
16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot
12:22 / 05.03.2025