Jamiyat | 21:35 / 20.01.2017
12814
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” bekati foydalanishga qayta topshiriladi

Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li” bekatini qayta tiklash ishlari boshlandi. Bu haqda “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida 20 yanvar kuni yangilik qoldirilgan. Xabarga qurilish joyidan olingan surat ilova qilingan.
Ma'lumot o‘rnida: mazkur bekat majmuasi 2015 yilning iyul oyidan ishlamayotgan edi. Shundan so‘ng, o‘tgan yilning oktabr oyida ushbu yo‘ldagi “Musavvirlar” bekati qayta tiklandi. 
Ammo shunga qaramay, yo‘lovchilar oraliq masofasi yarim kilometrdan oshadigan “Musavvirlar” bekatiga piyoda borishlariga to‘g‘ri kelayotgan edi. “Buyuk ipak yo‘li” bekatini tiklash ishlari qachon yakunlanib, foydalanishga to‘liq topshirilish sanasiga oydinlik kiritilmagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid