Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford kompaniyasi Mustang kabrioletini yangiladi
Ford kompaniyasi Mustang kabrioletining yangilangan nusxasini taqdim qildi. Kabrioletga to‘liq raqamli asboblar paneli va 10 pog‘onali avtomatik transmissiya qo‘shildi.
Kabriolet tashqi ko‘rinishidan ikki eshikli kupe variantini takrorlaydi. Mashina yangicha faralar, tajovuzkorroq osma detallar va o‘zgacha kapot olgan. Kapot cheti 20 mm pastroq joylashgan.
Mashina intererining batafsil suratlari hozircha yo‘q, biroq kupe kabi kabriolet salonida ham 12 dyuymli LCD-displey asboblar paneli sifatida qo‘llangan. Qo‘shimcha optsiyalar zamonaviy xavfsizlik tizimlari, jumladan old tomondan to‘qnashuvlardan ogohlantirish funksiyalari bilan to‘ldirildi.

"Mustang" motor gammasi endilikda ikkita dvigatel bilan taqdim qilinadi. Modelda 3,7 litrli 6 silindrli motordan voz kechilib, 2,3 litrli EcoBoost va 5 litrli 8 silindrli motorlar qoldirildi.
8 silindrli motor siqish darajasi oshirilishi hisobiga kuchliroq va tejamkorroqqa aylandi. Bu motorga ovozini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan gazlarni chiqarish tizimini buyurtirish mumkin.
Mashina podveskasi ham yangilandi: unda yangi amortizatorlar va ko‘ndalang barqarorlik stabilizatorlari paydo bo‘ldi.
Yangi "Mustang AQShda kuzda sotila boshlanadi, uning narxi hozircha ma'lum qilinmagan.






Mavzuga oid
22:35 / 11.08.2025
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi
21:35 / 18.11.2024
Ford xavfsizlik kamarlaridagi muammo sabab 112 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi
22:45 / 28.02.2023