Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp prezidentligining boshlanishi: yangi noroziliklar va ilk farmonlar
Foto: REUTERS/ Jonathan Ernst
20 yanvarda rasman AQSh prezidentiga aylangan Donald Tramp prezidentligining ilk kuni unga qarshi yangi noroziliklar bilan ajraldi, Trampning o‘zi esa birinchi farmonlarini imzoladi.
Tramp inauguratsiyasi marosimi Vashingtonda bo‘lib o‘tdi. Bu marosimninng bevosita guvohi bo‘lish uchun Vashingtonning markaziy xiyoboni – Milliy xiyobonga 900 ming dan bir milliongacha odam kelgan.
Tramp o‘z nutqida harakatlarga chorladi va mamlakatni tiklash zarurligini aytdi. U yig‘ilganlar oldida Amerikani "yana kuchli, mag‘rur, boy va xavfsiz" qilishga va'da berdi.
Ko‘plab OAV Trampning nutqini "millatchilik" ruhida bo‘lganini ta'kidlashgan.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
08:21 / 19.08.2020
Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlariga rasman nomzod etib tasdiqlandi
10:29 / 12.08.2020