O‘zbekistonda o‘z hamyurtlarini qullikka sotgan jinoyatchi 5 yilga qamaldi
Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Anorqul Qoratoyev jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U odam savdosi bilan shug‘ullangan. Bu haqda Podrobno.uz Sputnikka asosan xabar berdi.
Qoratoyev o‘zbekistonlik fuqarolarni Rossiyaga noqonuniy ravishda olib kirish yo‘lini Penza shahrilik ishbilarmonlar bilan uchrashgach, o‘ylab topgan.
"Anorqul Qoratoyev Rossiya fuqarosi Magomed Efendiyev bilan til biriktiradi. U O‘zbekiston fuqarolarini qurilish obektlaridagi ishlarga joylashtirish majburiyatini oladi", - degan sud vakili.
Shundan so‘ng Qoratoyev Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni yollashga kirishadi. Ularga yaxshi ish sharoitlari va katta maosh va'da qilinadi.
Bu taklifga Jizzax, Guliston, Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung‘ur tumanilik bo‘lgan 15 fuqaro rozi bo‘ladi. O‘zbekistonliklar Rossiyaga yetib kelishgach, ulardan pasportlari olib qo‘yilib, Penza va Mokshan shaharlariga ishga jo‘natiladi.
"Magomed Efendiyev nafaqat o‘zbekistonliklarga haq to‘lamagan, balki ularga tahdid qilgan. Ularga xuddi qullardek munosabatda bo‘lishgan. Bu joydan qochishga muvaffaq bo‘lgan ba'zi bir fuqarolar O‘zbekistonga qaytib kelib, huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilishdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston MXX xodimlari Anorqul Qoratoyevni qo‘lga oldi", - deya aniqlik kiritgan sud vakili.
Sud qarori bilan A.Qoratoyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135 moddasi (“Odam savdosi”) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazo muddatini kuchaytirilgan tartibdagi koloniyada o‘taydi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:30 / 25.10.2024
Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlab sotgan ayol o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:09 / 14.10.2024