Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada Suriya bo‘yicha maslahatlashuvlar yakunlandi
Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar arafasidagi Rossiya, Eron va Turkiya delegatsiyalarining uch tomonlama uchrashuvi yakunlandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Uchrashuv 5,5 soat davom etgan. Rossiya va Eron delegatlarining 15 daqiqa davom etgan ikki tomonlama uchrashuvidan keyin ularga Turkiya vakillari ham qo‘shilganlar. Maslahatlashuvlar yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
Yig‘ilishda har bir davlatdan uch nafardan vakil, jumladan Rossiya tashqi ishlar vazirligining Yaqin Sharq departamenti rahbari Sergey Vershinin, Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Husayn Jaboriy Ansoriy va Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedad O‘nal ishtirok etgan.
Avvalroq uchrashuv ishtirokchilari Suriyadagi yarashuv tartibini mustahkamlovchi hujjat bo‘yicha kelishib olganlari ma'lum qilingandi. Bu hujjat 23-24 yanvardagi muzokaralarda Suriya hukumati va muxolifatiga taqdim qilinadi.
Mavzuga oid
17:48
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
22:16 / 10.07.2026