Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Runi Alan Shirerning APLdagi rekordini yangiladi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya premer ligasining 22-turida urgan goli bilan Liganing mehmonda urilgan gollar bo‘yicha rekordini o‘rnatdi. U «Stok Siti»ga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.
«Stok Siti»ga urilgan gol 30 yoshli Runi uchun mehmondagi 88-si bo‘lgan. Runi shu bilan «Nyukasl» va «Blekbern Rovers»ning sobiq hujumchisi Alan Shirer (87) natijasini o‘zgartirgan.
Qayd etish joizki, Shirer 260 ta gol bilan APL tarixidagi eng yaxshi hujumchi bo‘lib qolmoqda. Runi bu ro‘yxatda 195ta gol bilan ikkinchi o‘rinda.
Bundan tashqari, Runi mehmondagi goli bilan yana bir natijani qayd etgan. U «Manchester Yunayted» uchun o‘zining 250-golini kiritgan va afsonaviy Bobbi Charltonni ortda qoldirgan va klub tarixidagi eng yaxshi hujumchiga aylangan.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
23:48 / 27.04.2026