Jahon | 11:55 / 22.01.2017
7217
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya inqirozi bo‘yicha Ostona muzokaralari yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi

Suriya inqiroziga siyosiy muzokaralar yo‘li bilan barham berishga bag‘ishlangan Ostona uchrashuvi 23 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 13:00da boshlanadi. U yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, Qozog‘iston tashqi ishlar mahkamasi saytida e'lon qilingan. 

TIV taxminiga ko‘ra, 23 yanvar kuni boshlanajak muzokaralar, bir kun o‘tgach, 24 yanvar 13:00da yakunlanadi. 

Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish joyi sifatida Rixos President Astana mehmonxonasi tanlangan.

«Muzokaralar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi. Uning natijalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkaziladi. Matbuot anjumani joyi va vaqti haqida keyinroq ma'lum qilinadi», — deyiladi hujjatda.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid