Jahon | 12:34 / 23.01.2017
6917
1 daqiqa o‘qiladi

Ostona konferensiyasida Suriyaning 15ga yaqin muxolif guruhi qatnashadi

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenkoning bayonot berishicha, Suriya muammosiga bag‘ishlangan Ostona muzokaralarida Suriyaning 15ga yaqin muxolif guruhi vakillari ishtirok etadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Shu bilan birga, vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, ushbu delegatsiyalarning rahbari yo‘q. 

«Biror kishiga Suriya muxolifatini namoyon etish bo‘yicha vakolatlar taqdim etilmagan», — degan Vasilenko. 

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, hozircha, Suriya hukumati va qurollangan muxolifat o‘rtasidagi muzokaralar bevosita bo‘lishi ham aniq emas. 

«Bu masala muhokama qilinmoqda. Bu muzokaralar boshlanishiga kelib oydin bo‘ladi», — degan diplomat. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid