Avtomobilchilar Kiyevga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi
Avtomobil haydovchilari Kiyevga olib boruvchi yo‘llarni qisman to‘sib qo‘yishni boshladi, deb xabar qilmoqda "112 Ukraina" telekanali.
Norozilik namoyishi o‘tkazayotganlar bojxonada rasmiylashtirilmagan, ammo xorijda ro‘yxatdan o‘tgan eski mashinalarni qonuniylashtirishga ruxsat beruvchi qonunni tezroq qabul qilishni talab qilishmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yuzga yaqin kishi Borispol tomonidan Kiyevga kiraverish yo‘lida to‘planishgan. Ular yo‘lning ikki yo‘lagini to‘sib qo‘yishgan bo‘lsa-da, yo‘lni to‘liq to‘sib qo‘ymaslikka va'da berishmoqda. Namoyishchilar yo‘l yoqasida avtomobil shinalarini yoqishmoqda.
Kiyevga Jitomir tomondan kelish yo‘lida 30ga yaqin kishi 15 avtomobilda to‘planishgan. Ular yo‘lning bir chizig‘ini to‘sishgan, biroq, Kiyevga yo‘l olgan avtomobillar tirbandlik orqali o‘tish imkoniga ega. Yana bir shunga o‘xshash namoyish Odessa yo‘lida kuzatilmoqda.
Telekanalga ko‘ra, ko‘plab haydovchilar aksiyadan noroziligini izhor qilishmoqda. Namoyishchilar esa, bir necha o‘nlab shinalarni olib kelgan va ularni yoqib, isinishmoqda.
Odamlar to‘plangan joylarda politsiya va o‘t o‘chirish xizmatlari navbatchilik qilmoqda. Norozilik aksiyalari tinch kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024
Blinken: Ukraina kurashish yoki muzokara o‘tkazish haqida bir qarorga kelishi kerak
11:41 / 21.12.2024