Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Mo‘sulning g‘arbiy qismini ozod qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Iroq Qurolli kuchlari Mo‘sul shahrining g‘arbiy qismini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘ra boshladi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
Iroq xalq safarbarligi kuchlari shaharning Dajla daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan hududini ozod qilish bo‘yicha "yaqin ikki-uch kunda amaliyot o‘tkazadi", degan general-leytenant Abdul Amir Rashid Yaralla. Kuni kecha, Iroq mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, mamlakat harbiylari Mo‘sulning Dajla daryosi sharqiy sohillarida joylashgan tumanlarini IShID jangarilaridan batamom ozod qilgan.
Iroq hududida IShIDga qarshi kurashda qurollangan bo‘linmalar muhim o‘rin tutmoqda. Iroq xalq safarbarligi kuchlari 2014 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘tgan yildan e'tiboran Iroq Qurolli kuchlari tarkibiga kirgan.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026