O‘zbekiston | 11:14 / 24.01.2017
46368
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Qashqadaryo viloyati prokurori etib 5 yil muddatga adliya katta maslahatchisi Bahodir Po‘latov tayinlandi.

Bu haqdagi buyruqqa O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori 23 yanvar kuni imzo chekdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bahodir Po‘latov bu lavozim tayinloviga qadar 2016 yilning martidan hokimning birinchi o‘rinbosari, avval esa – Farg‘ona viloyati prokurori bo‘lib ishlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid