O‘zbekiston | 00:50 / 24.01.2017
17194
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidentiga hamdardlik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga va birodar Pokiston xalqiga Parachinar shahrida sodir etilgan terrochilik harakati oqibatida ko‘plab tinch aholi vakillarining nobud bo‘lganligi munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarning qisqa muddatlarda sog‘ayishlarini tiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid