Jahon | 18:27 / 24.01.2017
12641
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya muxolifati Asadning ketishini talab qildi

Arxiv fotosi

Suriya muxolifati delegatsiyasi rahbari Muhammad Allush Suriya prezidenti Bashar Asadning hukumatdan ketishini talab qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Shuningdek u Suriya muxolifati Suriya Arab Respublikasidagi jangovar harakatlar Rossiya ko‘magida to‘xtatilishdan umidvor ekanini ma'lum qildi.

Avvalroq Ostonadagi uch tomonlama uchrashuv yakuniga ko‘ra, Rossiya, Eron va Turkiya Suriyada terrorchilik bilan hamkorlikda kurashishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi. 

Ostonada seshanba kuni rasmiy Damashq va qurollangan Suriya muxolifati o‘rtasida Moskva, Anqara va Tehron vositachiligida maslahatlashuvlarning ikkinchi kuni o‘tmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid