Jamiyat | 13:14 / 25.01.2017
7116
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada milliarder Eduard de Rotshildni tunab ketishdi

Foto: Reuters

Fransiya poytaxti Parij shahri sharqidagi Sena va Marna departamentida milliarder Eduard de Rotshildning hashamatli uyi tunab ketildi. Hodisa 24 dan 25-yanvarga o‘tar kechasi ro‘y bergan, deb xabar qildi Europe 1 radiostansiyasi.

"Noma'lum shaxslar dang‘illama uyga kirib, ko‘plab qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketishgan", - deb xabar berdi radiostansiya. O‘marilgan narsalarning aniq qiymatiga oydinlik kiritilmadi.

Ma'lumot uchun, Eduard de Rotshild Rothschild & Cie banki kuzatuv kengashiga rahbarlik qiladi. Shuningdek, u Parijdagi Liberation yirik gazetasi egalaridan biri hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid