Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank: Oyliklarni bankdan naqd olishda cheklovlar yo‘q, ammo... bor!
23-27 yanvar kunlari "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan mediahaftalik bo‘lib o‘tmoqda. 3-kun mavzusi "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari" bo‘ldi.
Taqdimot qismidan so‘ng xalq vakillari mutaxassislarga yo‘nalishlar bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishdi. Ta'kidlash joizki, tadbirda plastik karta borasidagi savol-javoblar ko‘pchilikni tashkil qildi, ularning barchasini bir tadbirga sig‘dirib bo‘lmaydi, albatta. Quyida ana shunday savol-javoblardan ba'zilarini e'tiboringizga havola etamiz.
Plastik kartadan boshqa bir plastik kartaga pul o‘tkazganda olib qolinadigan 2 foizlik tarif to‘lovi ko‘p emasmi, degan mazmunda savol berildi. Bunga javoban yagona tarif tizimiga ko‘ra, banklarda amalga oshirilgan operatsiyalarda pul olinmasligi ta'kidlandi. Pay me, Click kabi telefon ilovalaridan amalga oshirilgan o‘tkazmalarda esa foiz olib qolinishi, chunki ular ham tadbirkorlar hisoblanishi aytildi. Mutaxassislarimiz raqobat kuchaygan sari bunday ilovalardan pul o‘tkazmalari uchun olinadigan foizlar kamayishiga umid bildirishdi.
Tadbirkorlardan biri bankka o‘z qo‘l ostidagi ishchisiga oylik ish haqini to‘lashi maqsadida plastik karta olish uchun borgani, lekin bankda karta qolmagani masalasida mutaxassislarga murojaat qildi. Bunga javoban plastik karta - import ekani, u chetdan olib kelinishi aytildi hamda kelgusida o‘zimizda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgani to‘g‘risida ma'lum qilindi. Ungacha sho‘rlik ishchi nima qilsin?
Iste'molchilardan biri oylik ish haqi 100 foiz plastik kartalarga o‘tkazilishi haqidagi gap-so‘zlar rost yoki yolg‘onligi borasida murojaat qildi. Bunga javoban ishchi xodim 100 foiz oylikni kartaga o‘tkazishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan taqdirdagina shunday qilinishi aytildi. Bank tizimi qonunchiligida pullarni naqdlash borasida hech qanday cheklovlar yo‘qligi ta'kidlandi, har bir bank o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, bu masalada fuqarolarga xizmat ko‘rsatishi qayd etildi. Bu mazmundagi mish-mishlarga ishonmaslik tavsiya etildi. Biroq bu sohada ma'lumotlar berishda shaffoflik, ochiqlik ta'minlanmas ekan, ba'zi insonlar ana shunday mish-mishlarga beixtiyor ishonib qolaveradi, nazarimizda...
Plastik karta masalasida savol ko‘pligi bois Markaziy bankning ishonch telefon raqami taqdim etildi: 200-00-44
Mavzuga oid
09:57 / 25.01.2026
Iqtisodiyotda kutilmagan o‘sish va pul o‘tkazmalarida yangi qoidalar - hafta dayjesti
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
16:01 / 07.01.2025
Bir shaxs nomiga rasmiylashtiriladigan plastik kartalar soni cheklanadi
19:03 / 16.12.2024