Jahon | 19:34 / 26.01.2017
6192
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston floti 57 dona paluba qiruvchi samolyotlarini xarid qiladi

Foto: Sergey Pyatkov / RIA Novosti

Hindiston harbiy-dengiz kuchlari 57 dona paluba samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. HDK ehtimoliy yetkazib beruvchilardan texnik-tijoriy takliflarni so‘ragan. Shu mazmundagi hujjat Hindiston hukumatining davlat xaridlari saytida e'lon qilingan.  

Hujjatga muvofiq, harbiy-dengizchilar 57 dona MRCBF rusumidagi (ko‘pmaqsadli paluba qiruvchi samolyoti) harbiy laynerlarni xarid qilishni rejalashtirgan. Takliflar 4 oy mobaynida yig‘iladi. 

2016 yil dekabr oyiga doir ma'lumotga ko‘ra, Hindiston HDK safida 41 dona MiG-29K/KUB rusumli samolyotdan foydalanadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid