Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda Rossiya elchisi hayotdan ko‘z yumdi
Foto: RIA "Novosti"
Hindiston poytaxti Yangi-Dehlida Rossiyalik elchi Aleksandr Kadakin kasallik sabab 68 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rossiyaning Hindistondagi diplomatik vakolatxonasi xabar berdi, deb ma'lum qilgan RIA «Novosti».
«Rossiyaning Hindiston Respublikasidagi elchixonasi katta qayg‘u bilan shuni ma'lum qiladiki, 26 yanvar kuni qisqa muddatlik kasallikdan so‘ng Yangi-Dehlidagi markaziy kasalxonalardan birida Rossiyaning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi A.M. Kadakin hayotdan ko‘z yumdi», - deya xabar qilishgan diplomatlar.
Kadakin diplomatik missiya rahbari vazifasida 2009 yilning noyabridan boshlab ishlab kelgan. U bu lavozimga TIVning alohida vazifalar bo‘yicha elchisi pozitsiyasidan o‘tgan.
Mavzuga oid
22:45 / 06.04.2026
Ukraina dron hujumlari soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi – OAV
21:00 / 06.04.2026
“O‘z oyog‘imga o‘q uzdim” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
11:06 / 06.04.2026