Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning ko‘chki ostida qolgan mehmonxonasidan so‘nggi ikki jasad olib chiqildi
Italiyalik qutqaruvchilar mamlakat markazidagi Farindola muzofotida joylashgan Rigopiano mehmonxonasi vayronalari ostidan ko‘chki sabab halok bo‘lgan yana ikki kishining jasadini olib chiqishdi. ANSA agentligining xabariga ko‘ra, ular ushbu fojiada halok bo‘lganlarning so‘nggilaridir.
Shu bilan, tabiiy ofat sababli hayotdan ko‘z yumganlar soni 29 nafarga yetdi. Bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida taqdiri noma'lum bo‘lgan kishilar isi-sharifi qolmadi.
Mahalliy hokimiyat qor uyumlari va ko‘chki ostida qolganlarni qidirish ishlari yakunlanganini ma'lum qildi.
18 yanvarda Markaziy Italiyada yer silkinishi sababli ro‘y bergan ko‘chki Rigopiano mehmonxonasini bosib qolgan edi. Bu paytda binoda 40 kishi bo‘lgan. O‘tgan hafta mobaynida qutqaruvchilar vayronalar ostidan 11 kishi, maremmo-abruts ovcharkasining 3ta bolasini tiriklay olib chiqishdi.
Mavzuga oid
09:08
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026