Jahon | 11:13 / 26.01.2017
7534
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston HHK Rossiyadan to‘rtta Mi-35M vertolyotini qabul qilib oldi

Qozog‘iston harbiy-havo kuchlariga to‘rtta Mi-35M ko‘p nishonli vertolyotlar yetkazib berildi, deb xabar qildi «Interfaks».

Ta'kidlanishicha, vertolyotlar Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik, shuningdek, Qozog‘iston mudofaa vazirligi va “Rosoboroneksport” korxonasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida yetkazilgan. 

Qozog‘iston mudofaa vazirligi matbuot xizmati uchuvchilar qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgani va yangi aviatsiya texnikasida parvozlarni amalga oshirishga tayyorligini xabar qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid