Jahon | 09:55 / 26.01.2017
4947
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Suriyada qochqinlar uchun xavfsiz hududlar tashkil etilishini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada qochqinlar muammosini hal qilish uchun xavfsiz hududlar tashkil etish haqida rejalari borligini tasdiqladi. Siyosatchi bu haqda AVS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Men Suriyada kishilar uchun xavfsiz zonalarni aniq tashkil etaman. O‘ylashimcha, Yevropa millionlab insonlarga (qochqinlar. – tah.) Germaniya va boshqa davlatlarga kelishga ruxsat berib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Endi esa biz u yerdagi halokatli vaziyatni ko‘rish bilan cheklanayapmiz», - deya ma'lum qildi Tramp.

Shu bilan bir qatorda, milliarder AQShda Yevropadagi qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelishini istamasligini aytib o‘tdi.

Avvalroq Reuters agentligi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ishlab chiqilgan farmon loyihasi suriyalik qochqinlar uchun xavfsiz hududlarni tashkil etishni ko‘zda tutishi haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid