Jahon | 09:18 / 26.01.2017
6695
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Terrorchilarni qiynoqqa solish samara beradigan vosita

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, u terrorchilarga nisbatan qo‘llaniladigan qiynoqqa solish usullarini samarali vosita deb biladi. 

Tramp AVS telekompaniyasiga bergan intervyusida, jurnalist, unga prezident sifatida insonni suvga cho‘ktirish bilan qiynoqqa solishni xohlaysizmi, deya murojaat qilgan. 

Tramp bunga javoban "o‘z jamoasi", xususan, mudofaa vaziri Jyeyms Mettis hamda MRB direktorligiga ilgari surgan Maykl Pompeoga ishonishini aytgan. 

"Ammo, bu ish beradi, deb o‘ylaymanmi? Mutlaq, men o‘ylaymanki, bu samara beradi", — degan prezident.

Tramp, shuningdek, so‘nggi kunlarda AQSh "razvedka boshqarmasining yuqori lavozimli vakillari bilan suhbatlashgan"ini bildirgan. "Men ulardan: qiynoqlar foyda beradimi, deb so‘radim. Ular: ha, mutlaq, deya javob berishdi", — degan Tramp. 

Amerika yetakchisining aytishicha, "IShID jangarilari qilayotgan ishlarni o‘rta asrlardan beri hech kim eshitmagan". "Men Yaqin Sharqda odamlarni, musulmon yoki nasroniyligidan qat'i nazar tanalarini boshlaridan judo qilinishini xohlamayman", — deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid