OAV: Qozoq oligarxi o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi
Qozog‘istonning Kazinvestbank aksiyadori Nurlan Tleubayev o‘z joniga suiqasd qilishga urindi, deb yozmoqda Exclusive jurnali. Bu voqea o‘tgan yilning dekabr oyida ro‘y bergan.
"Qozog‘istonlik oligarxlarning o‘z jonlariga suiqasd qilishlariga nima sabab bo‘lmoqda? O‘tgan yilning dekabr oyida Kazinvestbank aksiyadori Nurlan Tleubayev shunday yo‘l tutmoqchi bo‘ldi. Hozirda uning ahvoli yaxshi. Ammo, endi biz butun bir soha – g‘alla sohasining qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lamiz", - deb yozadi nashr Qozog‘iston g‘alla eksportiga bag‘ishlangan maqolada.
Nurlan Tleubayev «Korporatsiya «APK-Invest» xo‘jayini bo‘lishi barobarida «G‘alla sug‘urta kompaniyasi» AJning 50 foiz aksiyasiga, «Xolding «Alibi»da majoritar ulushlarga ega. 2016 yilda esa, «Kazinvestbank»ning asosiy aksiyadoriga aylandi. U Qozog‘istonda chop etiladigan Forbes jurnali reytingida 22-o‘ringa va eng obro‘li tadbirkorlarning 2016 yilgi ro‘yxatida 35-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Tleubayevning boyligi 256 mln dollarga baholanadi, - deb yozadi jurnal.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Milliy bankining 2016 yil 1 noyabrdagi qarori bilan Kazinvestbankning depozitlarni jalb qilish, jismoniy shaxslarga bank hisob raqamlari ochishi taqiqlangan bo‘lsa, 26 dekabrda bank, bank xizmatini ko‘rsatish litsenziyasidan to‘liq mahrum qilindi.
Endilikda, Kazinvestbankning 52 nafar mijozi o‘z jamg‘armalarini to‘liq olishiga yo‘l qo‘yilmayapti.
Mavzuga oid
20:38 / 06.11.2024
Qozog‘istonda ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
23:10 / 02.11.2024