Jahon | 19:40 / 28.01.2017
8704
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda xorijliklarga viza berish qoidalari soddalashtiriladi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Tojikistonning "Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Tojikiston Respublikasi vizasi va elektron vizasini rasmiylashtirish, berish qoidalari haqida"gi qarorini imzoladi.   

Bu qaror loyihasi 24 yanvarda Tojikiston hukumati tomonidan ko‘rib chiqib, ma'qullangan. 

Qaror 12 banddan iborat bo‘lib, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shasxlarga viza va elektron vizani rasmiylashtirish, berish qoidalarini belgilaydi. 

Bu qoidalardan maqsad vizalar berish tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Yangi qoidalarga chet ellik fuqarolarning vizalar olishi, yashashi hamda xorijiy investorlar va sayyohlarni jalb qilish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Jumladan, Tojikistonning sobiq fuqarolari va ularning oila a'zolari hamda Tojikiston fuqarolarining yaqin qarindoshlariga qisqa muddatli vizani olish soddalashtirilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid