Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish haqida gapirishga hali erta
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish haqida gapirishga hali erta ekanini ma'lum qildi. U bu haqda matbuot anjumani davomida aytib o‘tgan, deb xabar berdi The Guardian.
Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bugun, 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan telefon orqali muloqotda ko‘tariluvchi mavzularga aniqlik kiritmagan. Biroq, sanksiyalarni bekor qilish haqida gapirishga hali ertaligini aytgan.
Shu bilan bir qatorda, uning ta'kidlashicha, barcha mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni istaydi, biroq bu imkonsiz ekanini tushunadi. U hammasidan ham Rossiya va Xitoy bilan yaxshi munosabatlarni xohlashini aytgan.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilmagunga qadar amalda bo‘lishini talab qilishini ma'lum qildi.
Avvalroq Tereza Mey Tramp bilan uchrashish uchun Oq uyga tashrif buyurgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026