Dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi nomi ma'lum bo‘ldi
Yaponiyaning Toyota avtomobil konserni 2016 yilda sotilgan mashinalar haqidagi ma'lumotni taqdim etdi, deb xabar berdi Associated Press.
Yaponiya kompaniyasi 12 oy davomida butun dunyo bo‘ylab 10 million 175 mingta avtomobilni sotdi. Bu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 0,2 foizga ko‘proq.
Shu bilan bir qatorda, Germaniyaning Volkswagen konserni 2016 yilda savdolar hajmini 3,8 foizga oshirib, 10 million 310 ming mashinani o‘z egalariga topshirgan.
Shu tariqa, Audi, Bentley, Lamborghini, Skoda, Seat va boshqa markalarga egalik qiluvchi Volkswagen konserni dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylandi.
Avvalroq Volkswagen dizelli dvigatellar bilan bog‘liq mojaro tufayli 1 milliard dollar mablag‘ to‘lab berishi haqida xabarlar tarqagandi.
Mavzuga oid
20:30 / 02.12.2024
Volkswagenʼning to‘qqizta zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
23:42 / 27.11.2024
Volkswagen ko‘plab ayblovlardan keyin Xitoydagi zavodini sotdi
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
22:21 / 11.11.2024