Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron 36 mamlakat sayyohlariga vizalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda
Eron hukumati dunyoning 36 mamlakati sayyohlariga vizalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda. International Business Times nashri yozishicha, Eron turizm va madaniy meros masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Zahro Ahmadipur shu haqda bayonot bergan.
Hozircha, mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati e'lon qilinmagan.
Bundan tashqari, Reuters agentligining aniqlashicha, Eron amerikaliklarning kirishini taqiqlashni rejalashtirmoqda. Mamlakat hukumati AQSh immigratsiya siyosati kuchaytirilganiga javob tariqasida shunday choralarni ko‘rishi mumkin. Bunda, Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarifning qayd etishicha, viza olishga ulgurgan amerikalik sayyohlarga bu cheklov joriy qilinmaydi.
Hozirda, Eronga tashrif buyurishni xohlagan sayyoh respublika elchixonasining konsullik bo‘limida mamlakatga kirish ruxsatnomasini rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Hujjatlarni olish muddati 10 kunni va viza qiymati 35 yevroni tashkil etadi.
Islom Respublikasida bir haftadan kam muddatga qolmoqchi bo‘lganlarga aeroportlarda viza berish joriy qilingan. Biroq, bu Tehron, Sheroz, Tabriz, Isfahon va Mashhad aeroportlarida yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
22:24 / 18.05.2026
Eron FIFAdan AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish kafolatini oldi
09:20 / 18.05.2026