Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklar BAAga vizani chegara punktlarida olishlari mumkin bo‘ladi
Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri Muhammad ibn Rashid al-Maqtumning farmoni bilan rossiyaliklar BAAga kirish vizasini mamlakatning chegara punktlarida olishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda WAM.
Rossiya fuqarolari 30 kun muddatga viza olishlari mumkin, vizani yana 30 kunga uzaytirish imkoni bor.
Ta'kidlanishicha, bu farmon davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlik doirasida imzolangan va iqtisodiy hamkorlik hamda sayyohlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
2016 yilda BAAda 600 mingdan ko‘proq rossiyaliklar hordiq chiqargan, davlatlar o‘rtasida haftasiga 56 ta muntazam reys amalga oshiriladi.