Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pac-Man otasi» 91 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Yaponiyaning video o‘yinlar kompaniyasiga asos solgan Masaya Nakamura 91 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U mashhur video o‘yin sababli «Pac-Man otasi» deb nomlanar edi, deb yozmoqda Daily Sabah nashri.
22 yanvarda vafot etgan Nakamura 1955 yilda hozirgi Bandai Namco kompaniyasining bir qismi bo‘lgan Namco kompaniyasiga asos soldi. U dastlab yirik supermarketning tomida ikkita mexanik otni qo‘yib pul topishni boshlagan, ammo keyinchalik arkada o‘yinlari kashshofi bo‘lgan.
Maxluqlarni yutuvchi o‘yin PAC-MAN 1980 yilda sotuvga chiqarildi hamda Yaponiya va xalqaro maydonda, eng mashhur arkada o‘yini sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
Arkada sifatida tanishtirilgan o‘yin, keyinchalik, Nintendo oila konsoliga moslashtirildi. Shundan so‘ng, mobil telefonlari, PlayStation va Xbox uchun ham ishlab chiqarildi.
Namco kompaniyasining boshqa mashhur o‘yinlari orasida "Ridge Racer" haydovchilik simulyatori ham bor.
Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026