Jahon | 13:34 / 01.02.2017
16911
2 daqiqa o‘qiladi

2053 yilda Yaponiya aholisi 27 mlnga kamayadi

Yaponiya aholisi 2053 yilda 100 millionlik ko‘rsatkichdan pastga tushadi. Hozirda, bu mamlakatda 127 milliondan ortiq inson istiqomat qiladi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi aholi va ijtimoiy sug‘urta masalalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot instituti shunday xulosaga kelgan. 

Institut tadqiqoti va taxmini 5 yilda bir marta o‘tkaziladi. O‘tgan safargi tadqiqot ma'lumotlari bilan taqqoslanganda aholi qisqarishi birmuncha sekinlashgan. Avvalgi taxminga ko‘ra, Yaponiya aholisi 2048 yilda 100 million nafardan kamroq bo‘lishi kerak edi. 

Bunday ijobiy natijaga yoshlar orasida nikoh va farzand ko‘rishga nisbatan munosabatni o‘zgartirish orqali erishilgan. Masalan, yana 50 yildan so‘ng, jami tug‘ilish koeffitsiyenti (bir ayolga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha farzand) 1,44ni tashkil etadi. Besh yil avvalgi taxminlarga ko‘ra, bu 1,35ga teng bo‘lishi kerak edi.

Shu bilan birga, bu raqamlarni kelajakka ishonch bilan qarash imkonini beradi, deb bo‘lmaydi. Chunki, 2065 yilda mamlakat aholisi 88 mln kishigacha kamayishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid