Daniyaliklar dunyodagi eng kuchli shamol turbinasini sinovdan o‘tkazishdi
Daniyaning MHI Vestas Offshore Wind kompaniyasi dunyodagi eng yirik shamol turbinasini qurishi haqida ma'lum qildi. U tajribalar davomida rekord darajada elektr quvvati ishlab chiqargan. Treehugger’ning xabar berishicha, turbina sinovlari 2016 yilning 1 yanvar kuni o‘tkazilgan. O‘shanda bir sutka davomida 216 ming kVt*soat elektr quvvati ishlab chiqilgan, bu esa mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra 7200ta uyni ta'minlashga yetadi.
Turbina balandligi 150 metr bo‘lib, har bir parragi uzunligi 90 metrga teng. V164 turbinasi 25 yil ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lib, konstruksiyasining 80 foizi bu muddat yakuniga qadar o‘zgartirilishi mumkin.
U soatiga 15 kilometr bo‘lgan shamolning minimal tezligida ham quvvat ishlab chiqaradi, biroq eng qulay tezlik – soatiga 40-90 kilometrga teng. Bu esa turbina qo‘yilishi rejalashtirilgan Shimoliy dengizdagi sharoitlarga ayniqsa mos tushadi.
Mavzuga oid
22:56 / 15.09.2024
Daniyada noyob tangalar kolleksiyasi 15 mln yevroga sotildi
19:44 / 12.09.2024
Yerosti va yerusti inshootlari: Daniya poytaxti toshqinlardan himoyalanish uchun ulkan infratuzilma qurmoqda
20:21 / 26.08.2024
Daniyada dunyodagi eng qimmat tangalar to‘plami kimoshdi savdolariga qo‘yiladi
23:08 / 07.08.2024