Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
"Siz Ispaniya yoki AQShning yoxud dunyoning istalgan bir qismini baholay olasizmi?" – dedi u savol berganlarga qarata.
Foto: AP / Evgeniy Maloletka
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen xavfsizlik bo‘yicha 62-Myunxen konferensiyasida Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi.
Panel munozara vaqtida Frederiksendan orolning narxini ayta olish-olmasligini so‘rashdi.
"Albatta, yo‘q. Siz Ispaniya yoki AQShning yoxud dunyoning istalgan bir qismini baholay olasizmi?" – dedi u.
Frederiksen shuningdek, Daniya asosiy demokratik qadriyatlar va tamoyillarga rioya qilishini ta’kidladi.
"Daniya qirolligi suveren davlat va biz odamlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilishimiz kerak. Grenlandiya xalqi amerikaliklarga aylanmasligini yaqqol anglatdi. Ular grenlandiyaliklar bo‘lib qolishni istaydi", - dedi Daniya bosh vaziri.
Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi, biroq AQSh prezidenti Donald Tramp orol Qo‘shma Shtatlarning bir qismiga aylanishi kerakligini aytib kelmoqda.
Daniya va Grenlandiya hukumatlari AQShni orolni bosib olishga urinmasligi kerakligi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
09:35 / 19.05.2026
Tramp Grenlandiyani egallash rejasidan voz kechmagan
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
22:10 / 31.03.2026