Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil prezidenti bosh vazir tviti uchun Meksikadan uzr so‘radi
Isroil davlat rahbari Reuven Rivlin Meksika prezidenti Enrike Netodan mamlakat bosh vaziri Netanyaxuning «prezident Tramp haq» degan iboralari uchun uzr so‘radi. Binyamin Netanyaxu AQSh yetakchisining Amerika-Meksika chegarasida devor qurishga doir farmonini imzolaganidan so‘ng, o‘z qarashini shu tarzda izohlagan edi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Isroil prezidenti Meksika davlat rahbari bilan telefon orqali o‘tkazgan muloqotida kechirim so‘rar ekan, bu hodisani tushunmovchilik deb atagan hamda mamlakatlar bu masalani «o‘tmishda qoldirishiga» umid bildirgan.
Meksika yetakchisi Isroil prezidenti bilan muloqotda bosh vazir tviti Meksika va uning yahudiylar jamoasini xafa qilganini qayd etib, shunday bo‘lsa-da, Isroil bilan hamkorlikni davom ettirishga rozilik bildirdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Twitter sahifasida «Prezident Tramp haq. Men Isroil janubida devor qurdim. Bu noqonuniy muhojirlarni to‘xtatishga yordam berdi. Katta muvaffaqiyat. Buyuk g‘oya», - deb yozgan edi.
Keyinroq, Netanyaxu o‘z tvitida Trampning Isroil chegaralaridagi devorni olqishlaganini nazarda tutganini, Meksika va AQSh o‘rtasidagi devorni xayoliga keltirmaganini aytgan.
«Men Isroilning himoya to‘sig‘i xususida fikr yuritdim. Ammo, AQSh va Meksika o‘rtasidagi vaziyatni izohlaganim yo‘q. Biz Meksika bilan yaxshi munosabatdamiz va shu yo‘nalishda davom etamiz», - deya ta'kidlagan Netanyaxu.
AQSh prezidenti Donald Tramp 25 yanvar kuni Meksika bilan chegaralarda devor qurish farmonini imzolagan edi. Kelasi kuni Meksika prezidenti Enrike Penya Neto Tramp bilan Vashingtonda bo‘lib o‘tishi belgilangan uchrashuvini bekor qildi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026