Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Suriyaning Arab davlatlari ligasiga qo‘shilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Suriyaning Arab davlatlari ligasiga (ADL) qaytishi siyosiy tartib o‘rnatishga doir umumiy sa'y-harakatlarga turtki berishi mumkin. Bu haqida RF TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya-arab hamkorlik forumi to‘rtinchi sessiyasi yakunlari bo‘yicha ma'lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
"BMTning qonuniy a'zosi bo‘lgan Suriya hukumatining ADL muzokaralarida qatnasha olmasligi bizning umumiy sa'y-harakatlarimizga ko‘mak bermaydi, - dedi vazir. - Suriya hukumati mazkur tashkilot safida bo‘lganida edi, ADL bu yerda juda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lardi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, arab mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning universal aksilterror frontni shakllantirishga doir tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.
Tashqi ishlar vaziri Jyenevadagi Suriyaga doir muzokaralar fevral oxirida bo‘lib o‘tishini ta'kidladi.
"Ostonada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv haqidagi e'lonning o‘ziyoq bizning BMTdagi do‘stlarimizni muzokaralar bilan shug‘ullanishlarini yodga solib qo‘ydi, ular uchrashuv sanasini belgilashdi, - dedi vazir. - Faqat uni 8 fevraldan oy oxiriga ko‘chirishdi. Muzokaralar yana bir bor boshqa kunga ko‘chirilmasligiga umid qilib qolamiz", - deya qo‘shimcha qildi Lavrov.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026