Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Jastin Tryudoga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga Kvebek shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lganligi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Kanadaning Kvebek shahridagi islom madaniy markazi masjidida otishma ro‘y berib, hujum natijasida kamida olti kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan edi.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
12:01 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi
00:26 / 06.03.2025
Tramp Kanada tovarlariga bojlar joriy etilganidan keyin Tryudo bilan qo‘ng‘iroqlashdi
23:56 / 04.03.2025