Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada prezident o‘limini bashorat qilgan munajjim hibsga olindi
Shri-Lankada respublika prezidenti Maytripal Sirisenaning o‘limini bir necha bor bashorat qilgan munajjim Vijit Roxama hibsga olindi, deb xabar berdi Associated Press.
Xabarga ko‘ra, Roxama Facebook’da o‘zining bir necha bashoratlarini e'lon qilgan bo‘lib, ularda Sirisena 27 yanvarga qadar vafot etishini aytgan. Ta'kidlanishicha, uning bayonotlari mamlakat hukumatida jiddiy tashvish keltirib chiqardi.
Roxama hibsga olindi va unga jamoatchilikni noto‘g‘ri ma'lumot bilan ta'minlovchi soxta bashoratlar qilish aybi qo‘yildi. Kolombo sudi Roxamani ma'lum bir mablag‘ evaziga ozodlikka chiqargan.
Ma'lumot uchun, Vijit Roxama — Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandiga 1987 yilda suiqasd uyushtirishda ayblangan sobiq dengizchi. U suiqasddan so‘ng 2,5 yil davomida qamoqda saqlandi. Roxama 2000-yilda Shri-Lankadagi parlament saylovlarida ishtirok etgan. Keyinchalik esa munajjim sifatida ishlay boshladi.
Mavzuga oid
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
19:20 / 30.11.2025