Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Norozi bo‘lgan sakkizoyoq tasvirchini qo‘rqitishga harakat qildi
Pink Tank Scuba kanali Avstraliyaning Melburn shahri qirg‘oqlarida dengiz tubini tasvirga olganini ma'lum qildi. U noodatiy rolikni taqdim etgan. Unda ertalabki ov vaqtida bezovta qilishganidan norozi bo‘lgan sakkizoyoqni ko‘rish mumkin. Bu haqda Gizmodo xabar berdi.
Sakkizoyoq kamera va tasvirchini ko‘rib o‘z hajmini darhol kattalashtirib yuborgan. «Shundan so‘ng u to‘g‘ri men tomonga qarab yo‘l oldi hamda meni xuddi bouling to‘pi kabi yo‘ldan irg‘itib tashlashga harakat qildi», - deya ma'lum qildi dayver.
Mavzuga oid
19:50 / 30.05.2025
Global isish tufayli La-Manshga sakkizoyoqlar yopirildi
00:31 / 03.08.2020
Dunyodagi vaziyat: Melburnda kommendantlik soati, Berlinda namoyishlar
14:52 / 07.07.2020
Koronavirus tarqalishi avj olganligi sababli Melburnda olti haftalik karantin joriy etiladi
16:40 / 29.03.2019