Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus tarqalishi avj olganligi sababli Melburnda olti haftalik karantin joriy etiladi
Besh million kishi yashaydigan Melburnda oxirgi sutkada 200ga yaqin SARS-CoV-2 holati aniqlandi.
Avstraliyaning Melburn shahrida SARS-CoV-2 koronavirusi tarqalishi avj olganligi sababli olti haftalik lokdaun joriy etilmoqda. Shaharning besh millionga yaqin aholisi kamida bir yarim oy uylarida o‘tirishlariga to‘g‘ri keladi, dedi Viktoriya provinsiyasi bosh vaziri Deniyel Endryus.
Oxirgi sutkada Avstraliyaning kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Melburn shahrida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 191ta holat qayd etilgan.
"Biz koronavirus inqirozi tugadi deya olmaymiz. Bu judayam yuqori raqam. Hech kim bunday holatga tushishni istamagandi. Ko‘rilayotgan choralar ulkan zarar keltirishini bilaman. Ammo bundan boshqa yo‘l yo‘q", - dedi Endryus.
7 iyuldan maktab o‘quvchilari masofadan o‘qishga qaytadi. Restoranlar faqat taomlarni uyga olib ketish uchungina sotadi.
Shtatning ma'muriy chegaralari yopildi. Politsiya va harbiylar chegaralarni nazorat qiladi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022