Jamiyat | 20:24 / 01.02.2017
24756
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Turkmaniston prezidenti saylovchilar qarshisida gitara chalib, qo‘shiq kuyladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov o‘z ijodiga mansub — «Schastya luch» (Baxt nuri) qo‘shig‘ini kuyladi.

Xronika Turkmenistana nashrining yozishicha, bu hodisa prezidentning gazoximiya majmuasi quruvchilari bilan uchrashuvi vaqtida ro‘y bergan. U bu yerga o‘zining saylovoldi kampaniyasi doirasida tashrif buyurgandi. Avvaliga qo‘shiqni xodimlardan biri kuylay boshlagan, ko‘p o‘tmasdan davlat rahbari gitarani undan olgan va o‘z kompozitsiyasini namoyish etgan.

«Uchrashuv ishtirokchilari uchun davlat rahbarining bu chiqishi syurpriz bo‘ldi. U Xalqaro xotin-qizlar bayramiga yana bir nechta yangi qo‘shiq tayyorlayotgani haqida ma'lum qildi», - deyiladi xabarda.

Turkmanistonda prezidentlik saylovi 2017 yilning 12 fevralida bo‘lib o‘tadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid