Dunyo böylab turli insonlar samolyotlarda parvoz qilar ekan, har kuni köplab yölovçilarning sumkalari yöqoladi yoki adaşib ketadi. Ma’lumotlarga köra, sönggi yillarda har yili aeroportlarda 20 million sumka yöqoladi. Ulardan qariyb 100 ming donasi umuman topilmaydi.

Şuningdek, sumkalarga solingan turli buyumlar samolyotlarga ortib, tuşirişda sinadi va yaroqsizga aylanadi. Bunday hollarda yölovçilarning zarar körişiga asosan aeroportlarda sumkalarni ortiş va tuşiriş bilan şuğullanuvçi xodimlar sabab bölişadi.

Ijtimoiy tarmoqlar aeroport xizmatçilarining yölovçilar sumkalarini ehtiyot qilmasdan uloqtirib yuborayotgani tasvirlangan videolarga töla.

Qançalik tanqid qilinmasin, gapirilmasin dunyoning aksariyat aeroportlarida xizmatçilarning yölovçilar sumkalariga munosabati özgarmayapti. Ular sumkalarni irğitişda va yölovçilarga zarar yetkazişda davom etişmoqda.

Bundan bir neça yil oldin kanadalik unça taniqli bölmagan musiqaçi Deyv Kerroll bilan ham şunday hodisa yuz bergan.

2008 yilda aeroport xodimlari uning qimmatbaho gitarasini sindirib qöyişadi. Musiqaçi bunda gitarani samolyot saloniga olib kirişiga ruxsat bermagan avikompaniya xodimlarini ayblaydi. Biroq tovon puli undira olmaydi. Şunda u aviakompaniyadan özgaça tarzda öç oladi.

Foto: krskdaily.ru

Hodisa tafsilotlari

2008 yil bahor oylarining birida Deyv Kerroll boşçiligidagi Sons of Maxwell musiqiy guruhi AQŞning Nebraska ştatida konsert qöyiş uçun taklif oladi.

Jamoa a’zolari United Airlines aviakompaniyasidan çipta olişadi va Kanadaning Yangi Şotlandiya provinsiyasida joylaşgan Galifaks şahridan parvoz qilişadi.

Parvoz boşlanişidan avval kiçik bir köngilsiz hodisa sodir böladi. Deyv qimmatbaho gitarasini özi bilan salonga olib kirmoqçi bölganida United Airlines aviakompaniyasi xodimlari bölgan bort kuzatuvçilari bunga ruxsat berişmaydi.

U aviakompaniya xodimlariga gitarasini qimmatbaho böliş bilan birga nozikligini, samolyotga ortib tuşirişda uni sindirib qöyişlari mumkinligini aytadi. Biroq ular Deyvning sözlarini inobatga olişmaydi.