24 dekabr kuni Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi kelasi yil 12 fevralida bölib ötajak prezidentlik saylovi uçun nomzodlarni röyxatga oliş jarayonini boşladi.

MSK 4 nafar nomzodni röyxatga oldi. Bular mamlakatning amaldagi rahbari, Demokratik partiya vakili Gurbanguli Berdimuxamedov, "Rysgal" tijorat banki aksionerlari boşqaruvi raisi, Sanoatçilar va tadbirkorlar partiyasi nomzodi Bekmirat Ataliyev, Agrar partiyaning Mari viloyati böyiça qömitasi rahbari Durdikliç Örazov va Oziq-ovqat sanoati Davlat birlaşmasi rahbari örinbosari Maksat Annanepesov. U fuqarolar taşabbusi bilan öz nomzodini ilgari surgan.

Mamlakat qonunçiligiga köra, nomzodlar röyxatga olinganidan söng, prezidentlik taşviqot kampaniyasi boşlanadi. Nomzodlar röyxatga olingan kundan boşlanuvçi saylovoldi taşviqoti saylovga bir kun qolganida yakunlanadi. 

Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, Turkmanistonda tuğilgan, 40 yoşga tölgan, davlat tilini yaxşi bilgan, oxirgi 15 yilda mamlakatda istiqomat qilgan va işlagan fuqaro prezidentlikka saylanişi mumkin. Yangi prezident 7 yilga saylanadi va qasamyod qabul qilganidan keyin lavozimiga kirişadi. 

Berdimuxamedov uçun bu prezident saylovlari uçinçisi böladi, u birinçi marta 2007 yilda, ikkinçi marta esa 2012 yilda saylovlarda iştirok etgan.